Yaponiya “Kadrlar tayyorlash uchun stipendiyalar taqdim etish” loyihasi bo‘yicha grant ajratdi

Yaponiya “Kadrlar tayyorlash uchun stipendiyalar taqdim etish” loyihasi bo‘yicha grant ajratdi

Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Fumixiko Kato va O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Adham Ikromov  Yaponiya hukumatining “Kadrlar tayyorlash uchun stipendiyalar taqdim etish” loyihasi bo‘yicha dasturi doirasida Almashuv Notalarini imzoladi

“Kadrlarni tayyorlash uchun stipendiyalar taqdim etish” loyihasi Yaponiya hukumati tomonidan 1999-yildan buyon iqisodiyot, moliya va qonun chiqarish tizimi kabi sohalardagi malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Shu paytgacha ushbu loyiha bo‘yicha Yaponiya OTMlari magistraturasida O‘zbekistonning 280 fuqarosi o‘qib keldi.

Bu holda ushbu dastur doirasida ajratiladigan umumiy summa 459 million iyena (taxminan 4 300 000 AQSh dollari)ni tashkil etadi (shundan 263 million iyena 2017-yilda Yaponiyaga stajyorlarni yuborish uchun). 1999-yildan buyon ushbu loyihani amalga oshirish uchun Yaponiya hukumati tomonidan 4 841 000 000 iyena ajratilgan.

Avgustda ushbu loyiha doirasida Yaponiyada 17-stajirovka boshlanadi, unda O‘zbekistonning 15 nafar fuqarosi ishtirok etadi.