Biz haqimizda

“StudyTokyo.Uz” Yapon tili o’quv markazi haqida

Bizning markazimiz yaratilish poydevori 2013 yil, ta’sischilarimizdan biri Yaponiyaning nufuzli universitetlaridan birining Magistraturasida ta’lim olishga borgan vaqtidan boshlangan edi. Ma’lum bo’lishicha, hozirda Yaponiya davlatida qariyalar soni ko’payishi hisobiga jamiyatda yosh aholi kuchiga bo’lgan ehtiyoj juda katta. Buning uchun Yaponiya hukumati dunyo bo’ylab barcha mamlakatlardan eng iqtidorli yoshlarni mamlakatga jalb etish siyosatini olib bormoqda. Ammo Yaponiyada o’qish va ishlashni hohlaganlar uchun eng asosiy talablardan biri bu - yapon tilini mukammal o’rganishdir.

Bizning Markazimiz hamyurtlarimizning Yaponiyada ta’lim olishi va kelajakda ishlashlari uchun ikki davlat o’rtasidagi ko’prik vazifasini bajarishini o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. Talabalarga Kunchiqar mamlakat madaniyati, hayot tarzi va asosiysi yapon tili o’rgatish orqali ularni ushbu mamlakatda o’z orzularini amalga oshirishida ko’mak berish vazifasini bajaradi. 2014-yilda bizning birinchi markazimiz Samarqand shahrida ochilib, hozirga kelib Toshkent (2016), Buxoro (2016), Namangan (2017) shaharlarida o’z faoliyatini yuritmoqda. Yaqin kelajakda “StudyTokyo.Uz” Yapon tili Markazimiz butun Respublika bo’ylab o’z filiallarni ochishni oldiga maqsad qilib qo’ygan.

Siz Studytokyo.uz Sayti bilan

Quidagilarni amalga oshirishingiz mumkin

  • Online hujjat topshirish
  • Maktablar haqida ma'lumotlar
  • Maktablar bilan bog'lanish
  • Maktablarga hujjatlarni bepul jo'natish

"StudyTokyo.Uz" faoliyati

StudyTokyo.Uz Yapon tili Markazining eng asosiy vazifasi – bu bo’lajak talabalarga Yaponiyadagi maktablariga kirish va o’qish imkoniyatini yaratib berishdan iboratdir. Bizning markazda malakali o’qituvchilar intensiv tarzda yapon tili o’rgatadilar va shu bilan birga Yaponiya madaniyati va hayot tarzi bilan yaqindan tanishtiradilar. O’quv markazimizda nafaqat yapon tili o’rganishingiz, balki yapon maktablari to’g’risida to’liq ma’lumot olishingiz, hujjatlarni to’ldirishda va Yaponiyada turar joylar haqidagi ma’lumotlarni ham olishingiz mumkin.

Hozirgi vaqtda bizning saytimizda 20 tadan ortiq eng sara Yapon tili maktablari haqida ma’lumot olishingiz mumkin. Ushbu maktablar bizning yaqin hamkorlarimiz hisoblanib, o’quv markaz talabalarining arizalari imtiyozli tarzda ko’rib chiqiladi. Ma’lumki, yapon maktablariga kirish jarayonida o’ziga xos tizim mavjuddir. Ya’ni Yaponiya va O’zbekiston davlatlari o’zaro farq qiluvchi yuridik tizimlarga ega bo’lgani sababli, hujjatlar yig’ish va tayyorlashda ko’plab qiyinchiliklar vujudga keltirishi mumkin. Biz bilan bo’lsangiz bu muammo emas. Bizga murojaat qiling va orzularingiz albatta ushaladi!

Biz haqimizda qiziqarli faktlar

0

Saytimiz orqali Yapon Maktabiga Kirgan Talabalar

0

Yapon Tili Maktablari bilan hamkorlik qilamiz

0

Yildan beri ushbu sohada faoliyat ko'rsatamiz

0

Mehnatsevar va o'z ishi ustalari sizning xizmatingizda

Bizning o'quv markazi orqali ketib

Yaponyada o'qiyotgan talabalar

Zarshed Amonov
Ichikawa Japanese Language Institute
Nam libelo tempore, cum soluta nobis est eligendi optio cumque nilhi impedil quo minus end maximie fade posimus the end.
lana simth
vice head teacher
Nam libelo tempore, cum soluta nobis est eligendi optio cumque nilhi impedil quo minus end maximie fade posimus the end.
barry join
advisory professor
Nam libelo tempore, cum soluta nobis est eligendi optio cumque nilhi impedil quo minus end maximie fade posimus the end.
taylor ema
teacher
Nam libelo tempore, cum soluta nobis est eligendi optio cumque nilhi impedil quo minus end maximie fade posimus the end.