Yaponiya Maktablari
AN til maktabi
AN til maktabi Yaponiya tarixidagi birinchilardan bo’lib ochilgan Yapon til maktabi hisoblanadi. Ta’sis topganidan beri maktab asosan mahalliy va xorijlik talabalarni Yaponiyadagi oliy ta’lim, bakalavr va magistratura darajasiga kirish uchun muvaffaqiyatli tayyorlab keladi. Maktabning boshqa maktablardan asosiy farqi shundaki, bu yerda ta’lim berish sifatining ustuvorligi bosh maqsad hisoblanadi. Maktabning uchta Narimasu, Nerima va Ikebukuro filiallari mavjud.. Ikebukuro va Narismasu hududida talabalar yotoqxonasi maktabdan 15 daqiqalik uzoqlikda joylashgan. Maktab o’z talabalariga darsdan bo’sh vaqtlarida ishlash uchun yaqin-atrofdagi kafe va resotoranlar, do’konlar, mehmonxonalarda ish topishga yordam beradi.
O'qish kurslari
Kurs boshlanishi va davomiyligi | Ariza jo'natish oxirgi sanasi | Kursning 1 yillik narxi | Viza olish sanasi |
---|
Aprelda boshlanadi - 2 yil davom etadi | 1 - Sentabr | 650.000 yendan boshlanadi | Mart |
Iyulda boshlanadi - 1 yil 9 oy davom etadi | 1 - Dekabr | 650.000 yendan boshlanadi | Iyun |
Oktyabrda boshlanadi - 1 yil 6 oy davom etadi | 1 - Mart | 650.000 yendan boshlanadi | Sentyabr |