Bizning Maktablar
Buxoro maktabi
Kelajakda o`z sohangizning mukammal ustasi bo’lib yetishmoqchimisiz? Yaponiya kunchiqar mamlakatda tahsil olib, yangi iqtidorlaringiz va qirralaringni kashf qilmoqchi bo`lsangiz siz uchun Studytokyo.uz Buxoro filiali eshiklari doimo ochiq.
Studytokyo.uz Yapon tili o’quv markazining Buxoro filiali 2017-yil may oyida o’z ish faoliyatini boshlagan va qisqa vaqt mobaynida Buxoro viloyati aholisini ishonchini qozongan.
O`quv markazimiz 6 oy davomida talabalarga yapon tilining boshlang`ich darajasini o`rgatib, Yaponiyadagi til maktablariga a`lo darajada imtihon topshirishga ko`maklashadi. Yangi o`quv dasturi asosida yaratilgan o`quv jarayon, dars davomida qo`llanilib kelinayotgan zamonaviy texnologiyalar, rasmli tarqatma materiallar, interaktiv usullar bunday muvafaqqiyatga erishishimizga sabab bo`ldi desak adashmagan bo`lamiz. Bizning o`quv markazimizda har haftaning shanba kuni Yaponiya madaniyati, turli xil bayramlar, urf-odatlari haqida ko`rgazmali darslar olib boriladi. Bundan tashqari, Yaponiya milliy taomlarini pishirish usullari markazimiz xodimlari va o`qituvchilari tomonidan talabalarga o`rgatiladi. Shuningdek, origami darslari olib boriladi va ko`ngillilar ushbu Yaponiya madaniyati darslariga taklif etiladi. Bu kabi Yaponiya madaniyatiga oid darslarni o`tkazilishidan maqsad, har bir talabani Yaponiya atmosferasiga tayyorlash, talabalarning o`zaro do`stona munosabatlarini yaxshilash, o`z orzu va maqsadlariga erishishda kuchli guruh yaratishdir.
Kurs nomi | Kurs boshlanadigan sana | Kurs tugaydigan sana | Viza olish sanasi |
---|
"Aprel" kursi | 1 - sentabr | 28 - fevral | Mart |
"Iyul" kursi | 1 - dekabr | 30 - may | Sentabr |
"Oktabr" kursi | 1 - mart | 30 - avgust | Iyun |