Yaponiya Maktablari
Shinjuku Exchange Maktabi
“Shinjuku International Exchange School” - Xalqaro Shinjuku Exchange Maktabi Tokyo markazi Shinjuku tumanidagi go’zal, xushmanzara Toyoma Istirohat bog’i yonida joylashgan. Shuningdek, maktab yaqinida 19 ta universitet binolari joylashgan bo’lib, maktab bitiruvchilari ushbu universitet bilan yaqindan tanishib, hujjat topshirish imkoniyatiga egadirlar.
1. Universitet binosi 7 qavatdan iborat bo’lib unda sinfxonalar, kutubxona, kompyuter xonalari, oshxona va konferensiya zallardan bor.
2. Maktab xorijlik talabalarni turar joy bilan ta’minlaydi. Yotoqxona maktabdan 10 daqiqalik uzoqlikda joylashgan. Har bir xona muzlatgich, kir yuvish mashinasi, televizor, mikroto’lqinli pech bilan ta’minlangan.
3. Shinjuku Exchange maktabi Yaponiyaga oliy ta’lim sohasida o’qish va karyera davom ettirishni istovchilar uchun ajoyib imkoniyatlar maskanidir.
Kurs boshlanishi va davomiyligi | Ariza jo'natish oxirgi sanasi | Kursning 1 yillik narxi | Viza olish sanasi |
---|
Aprelda boshlanadi - 2 yil davom etadi | 1 - Sentabr | 650.000 yendan boshlanadi | Mart |
Iyulda boshlanadi - 1 yil 9 oy davom etadi | 1 - Dekabr | 650.000 yendan boshlanadi | Iyun |
Oktyabrda boshlanadi - 1 yil 6 oy davom etadi | 1 - Mart | 650.000 yendan boshlanadi | Sentyabr |