Yaponiya Maktablari
Hotsuma Xalqaro Maktabi
2008-yilda ta’sis etilgan Hotsuma Xalqaro Yapon tili maktabi biz taklif etayotgan maktablar ichidan eng yosh maktabdir. Ammo 10 yil ichida maktab xalqaro talabalarga yapon tilini o’rgatish va ularni yaponiyadagi oliy ta’lim muassasalariga tayyorlash bo’yicha misli ko’rilmagan yutuqlarga erishdi. Hozirda Tokio, Osaka va Gifu shaharlarida maktab o’z filiallariga ega. Maktabning asosiy vazifasi talabalarni yapon tiliga o’rgatibgina qolmay, ularni o’z iqtidorlarini namoyon etishga ko’maklashishdan iborat iborat. Maktab xorijlik talabalarga qulaylik yaratish maqsadida quyidagi xizmatlarni taklif etadi: aeroprotdan kutib olish va maktab binosiga olib borish; o’qish davomida mobil aloqa vositasi va noutbuk bilan ta’minlash, siz uchun Yaponiyada bank hisob raqami ochish va kvartira ijaraga olishga yordamlashish
Kurs boshlanishi va davomiyligi | Ariza jo'natish oxirgi sanasi | Kursning 1 yillik narxi | Viza olish sanasi |
---|
Aprelda boshlanadi - 2 yil davom etadi | 1 - Sentabr | 650.000 yendan boshlanadi | Mart |
Iyulda boshlanadi - 1 yil 9 oy davom etadi | 1 - Dekabr | 650.000 yendan boshlanadi | Iyun |
Oktyabrda boshlanadi - 1 yil 6 oy davom etadi | 1 - Mart | 650.000 yendan boshlanadi | Sentyabr |