Ichikawa yapon tili maktabi

Ichikawa yapon tili maktabi Tokyo markazidan 20 km uzoqlikda, Chiba prefekturasidagi Ichikawa shahrida joylashgan. Eng yaqin poyezd bekati bu Moto-Yavata bekati hisoblanadi. Shaharda besh yuz ming aholi istiqomat qiladi. Shahar bo’ylab Edogava daryosi oqib o’tishi sababli, shahar tabiati o’zgacha shukuhga ega. Ichikawa yapon tili maktabi 1989-yil ta’sis etilgan bo’lib, hozirda 20 dan ortiq mamlakatlardan talabalar ta’lim olib kelmoqda. Ushbu maktab bitiruvchilarining 100% hammasi oliy o’quv yurtlarida, hamda yuqori mutaxassislik maktablarida o’z o’qishlarini davom ettirmoqda. Shuningdek, yapon tilini mukammal o’rganib Yaponiya kompaniyalarida o’z karyeralarini qurishni xohlovchi talabalar soni ham ko’payib bormoqda. Ushbu maktabda yapon tili kurslari 4 xil bo’lib, quyidagilardan iborat:

1 - Uzoq muddatli kurslar: 1 yildan 2 yilgacha yiligacha davom etuvchi intensiv, har kuni olib boriladigan kurslar. Ushbu kursga yiliga 4 marotaba qabul e’lon qilinadi.

2 - Qisqa muddatli kurlar: qisqa, ya’ni 4 haftadan 12 haftagacha bo’lgan vaqt oralig’ida Yapon tilini yaxshilash, yapon xalqi, madaniyati va hayot tarzi bilan yaqindan tanishish mumkin.

3 - Individual darslar: talabaning vaqti va kuniga moslashtirilgan kurslar. Darslar o’qituvchi va talaba o’rtasida yakkama-yakka tartibda olib boriladi.

4 - Yaponiyada yashovchilar uchun maxsus kurs: ushbu kurs ayni damda Yaponiyada yashab, faoliyat yuritayotganlar uchun mo’ljallangan. Yapon tilini boshlang’ich va o’rta darajada biladiganlar uchun mo’ljallangan.



O'qish Kurslari
Kurs boshlanishi va davomiyligi Ariza jo'natish oxirgi sanasi Kursning 1 yillik narxi Viza olish sanasi
Aprelda boshlanadi - 2 yil davom etadi 1 - Sentabr 650.000 yendan boshlanadi Mart
Iyulda boshlanadi - 1 yil 9 oy davom etadi 1 - Dekabr 650.000 yendan boshlanadi Iyun
Oktyabrda boshlanadi - 1 yil 6 oy davom etadi 1 - Mart 650.000 yendan boshlanadi Sentyabr

Ushbu maktabga taaluqli savollaringizni bizga yo'llang:

Maktab nomi:

Ism va Familiya:

Telefon raqamingiz (+998 XX ) XXX-XX-XX

Yashash manzilingiz (Shahar, tuman, ko'cha nomi, uy raqami):