Yaponiya Maktablari
ICEA Yapon tili maktabi
ICEA-Tokyo xalqaro yapon tili maktabi 1982 –yil Aprel oyida ta’sis etilgan bo’lib, hozirga qadar mingdan ortiq talabaga ta’lim bergan. Maktab Yaponiya oliy ta’lim muasasalariga tayyorlovni o’z ichiga oluvchi dasturni ishlab chiqqan bo’lib, unda kollej va universitetlarga tayyorlov fanlari ham mavjudligi bilan nom chiqargan. Bundan tashqari, maktab darsdan tashqari yapon madaniyati, san’ati va yashash tarzi bilan yaqindan tanishtirishni taklif etadi.
ICEA yapon tili maktabiga eng yaqin metro bekati Hamacho bo’lib, bekatdan maktabgacha 6 daqiqalik piyoda yo’ldir. Ushbu maktab o’z imkoniyatlaringizni va bilimingizni oshirishga va Yaponiyadek davlatda o’qishingizni davom ettirishga yordam beradi
O'qish kurslari
Kurs boshlanishi va davomiyligi | Ariza jo'natish oxirgi sanasi | Kursning 1 yillik narxi | Viza olish sanasi |
---|
Aprelda boshlanadi - 2 yil davom etadi | 1 - Sentabr | 650.000 yendan boshlanadi | Mart |
Iyulda boshlanadi - 1 yil 9 oy davom etadi | 1 - Dekabr | 650.000 yendan boshlanadi | Iyun |
Oktyabrda boshlanadi - 1 yil 6 oy davom etadi | 1 - Mart | 650.000 yendan boshlanadi | Sentyabr |