Jizzax maktabi

Bizning markaz 2017-yil iyul oyida tashkil etilgan . Markaz 40 o’ringa mo’ljallangan. Markazimiz qariyb 1 yildan buyon Jizzax shahridagi hamyurtlarimizga xizmat ko’rsatib kelmoqda. Filial xodimlari o’quvchilar uchun maksimal qulayliklar yaratishga harakat qilishadi. O’qituvchilarimiz esa oliy ma’lumotli, eng asosiysi o’zlari Yaponiyada o’qib, tajriba orttirib qaytishgan. Bu esa o’quvchilar tomonida beriladigan har qanday savollar javobsiz qolmasligini anglatadi.

Hozirgi kunda markazimizda 30 nafarga yaqin o’quvchilar yapon tilidan saboq olishmoqda. Darslarimiz haftasiga 6 kun, kuniga 1.5 soatdan o’tiladi. Shanba kunlari yapon tilida tinglash, tushunish va so’zlashishga yo’naltirilgan darslar chuqurlashtirilib o’rgatiladi. Bundan tashqari shanba kuni Yapon madaniyati va an’analari kuni hisoblanadi. O’quvchilarimizga nafaqat yapon tili balki madaniyati ham o’rgatiladi bu esa ularning Yaponiyadagi o’qishlari davomida juda as qotadi.

O’quvchilar o’quv markazimizga bir olam orzular bilan tashrif buyurishadi. Biz esa ularning ushbu orzularini ro’yobga oshirish uchun yordam beramiz.

StudyTokyo biz birgalikda hammasini uddalay olamiz!



O'qish kurslari
Kurs boshlanishi va davomiyligi Ariza jo'natish oxirgi sanasi Kursning 1 yiliga narxi Viza olish sanasi

Ushbu maktabga taaluqli savollaringizni bizga yo'llang:

Maktab nomi:

Ism va Familiya:

Telefon raqamingiz (+998 XX ) XXX-XX-XX

Yashash manzilingiz (Shahar, tuman, ko'cha nomi, uy raqami):