Yaponiya Maktablari
Kichijoji chet tillari maktabi
O’z mehmondo'stligi va oila a’zosidek munosabatda bo’lishi bilan mashhur Kichijoji chet tillari maktabi (Kichijoji) dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlaridan kelgan talabalarni o’qitib kelmoqda. Talabalar nafaqat yapon tili, balki yapon va ko'p millatli tengdoshlar bilan birgalikda darsdan tashqari mashg'ulotlar orqali ijtimoiy hayot, madaniyat, urf odatlarini o'rganish imkoniyatiga egadirlar. Quyida Kichijoji maktabining taklif etuvchi o’ziga xos jihatlarini keltirib o’tamiz.
1. Kichijoji maktabida talabalar yapon tilini bilish darajasiga qarab boshlang'ichdan malakali bosqichgacha 8 darajaga bo'lib darslar olib boriladi.
2. Darslarda katta e’tibor Yapon tilida suhbatlashuv va og`zaki nutqni yaxshilashga qaratilgan
3. Hozirgi kunda dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlaridan kelgan talabalar Kichijoji maktabida tahsil olib kelmoqda.
4. Talabalar kam sonli va kichik guruglarlarga bo`linib o`qitiladi va bu usul o`qituvchining talabalar bilan yaxshiroq shug`ullanishiga imkon yaratadi. Har bir guruhda o'rtacha 12 kishidan iborat bo`ladi.
5.Maktab talabalarning Yaponiyadagi hayotiga tezda o’rganishi va o'zlashishi uchun har tomonlama yordam ko’rsatadi. Bular: darsdan tashqari ishlash uchun ish qidirish; oliy o'quv yurti tanlashda ma’lumot berish, yotoqxonaga joylashish, viza so'rovnomalari va boshqa hujjatlar to’ldirishda ko’maklashish, kasalxona va tish vrachlariga borganda tarjima qilish kabi yordamlardir.
Kurs boshlanishi va davomiyligi | Ariza jo'natish oxirgi sanasi | Kursning 1 yillik narxi | Viza olish sanasi |
---|
Aprelda boshlanadi - 2 yil davom etadi | 1 - Sentabr | 650.000 yendan boshlanadi | Mart |
Iyulda boshlanadi - 1 yil 9 oy davom etadi | 1 - Dekabr | 650.000 yendan boshlanadi | Iyun |
Oktyabrda boshlanadi - 1 yil 6 oy davom etadi | 1 - Mart | 650.000 yendan boshlanadi | Sentyabr |