Yaponiya Maktablari
TECHNOS Kogakuin til maktabi
Ushbu maktab Yaponiyadagi eng nufuzli maktablaridan biri hisoblanib, 1971-yilda Tokio shahrida ta’sis etilgan. Yapon tili maktabi Kogakuin Texnologiya Guruhi nazoratidagi maktab bo’lib, Kogakuin Texnologiya Kolleji, Tokio havo yo’llari va mehmonxona kollejlari ham mavjud. Agarda talaba yapon tili maktabini a’lo baholarga tamomlasa, ushbu kollejlardan biriga imtiyozli ravishda kirish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Maktab Shinjuku metro bekatiga yaqin joyda joylashgan bo’lib, maktab binosidan metrogacha 5 daqiqalik piyoda yo’ldir. Maktab yaqinida Takashimaya katta savdo-sotiq markazi, Kinokunya kitob do’koni, Yoyogi hiyobonlari talabalar uchun dam olish, o’rganish va ishlash uchun juda qulaydir. TECHNOS Kogakuin Yapon tili maktabining boshqa maktablardan farqi shundaki, bu maktabda talabalar yapon tilidan tashqari ingliz tili, matematika, fizika, kimyo va ijtimoiy fanlarni chuqurlashtirilgan holda o’qitiladi va har bir talaba fan tanlash imkoniyatiga egadir. Shuningdek, ushbu maktab darslari kuniga 5 soat va haftasiga 5 kun bo`lib o`tadi. Biz ushbu maktabni yapon tili bilan birga aniq fanlarni o’rganishni istaganlar uchun tavsiya etamiz.
Kurs boshlanishi va davomiyligi | Ariza jo'natish oxirgi sanasi | Kursning 1 yillik narxi | Viza olish sanasi |
---|
Aprelda boshlanadi - 2 yil davom etadi | 1 - Sentabr | 650.000 yendan boshlanadi | Mart |
Iyulda boshlanadi - 1 yil 9 oy davom etadi | 1 - Dekabr | 650.000 yendan boshlanadi | Iyun |
Oktyabrda boshlanadi - 1 yil 6 oy davom etadi | 1 - Mart | 650.000 yendan boshlanadi | Sentyabr |