Yaponiya Maktablari
Yaponiyada Oliy Ta'lim olish va Baxtli Hayot kechirish uchun Yapon tilini mukammal o'rganmoq shart...
Mehmondo'st Yapon Tili Maktabi

Maktab Haqida
Tokyo Riverside Maktabi Asakua yaqinidagi Sumida daryosi bo’yida joylashgan. Shuning uchun ham joylashgan joyi nomidan kelib chiqib “riverside” ya’ni daryo bo’yidagi maktab nomi berilgan. Sumida daryosi bo’yi nafaqat talabalarni balki turistlarni ham eng sevimli maskani bo’lib siz u yerdan Tokyo Sky Tree dan baxramand bo’lishingiz mumkin.
Maktab 1988-yili ta’sis etilgan bo’lib unda har yili 254 ta talaba tahsil oladi. Maktab Yaponiyadan tashqari Xitoyning Pekin shahrida o’z filialiga ega. Maktab o’z bitiruvchilarini ma’lum bir sohaga yo’naltirish bilan nom qozongan va u sohalarni siz asosan Yaponiyadagi oliy ta’lim muassasalarida o`rganishingiz mumiin.
Tug'ulish foizini kamayishi va katta yoshdagi kishilarni o'rtacha yashash davrini ortishi umumiy hisobda Yaponiyada aholi sonini kamayishiga olib keldi.Muammoni yechimini hal qilish uchun, Yaponiya ishlash va o'qish maqsadida kelgan xorijliklarga keng ko'lamdagi imkoniyatlar yaratmoqda.
O'qish kurslari
Kurs boshlanishi va davomiyligi | Ariza jo'natish oxirgi sanasi | Kursning 1 yillik narxi | Viza olish sanasi |
---|
Aprelda boshlanadi - 2 yil davom etadi | 1 Noyabr | 707,000 Yen | Fevral |
Iyulda boshlanadi - 1 yil 9 oy davom etadi | 1 Mart | 707,000 Yen | Mart |
Oktyabrda boshlanadi - 1 yil 6 oy davom etadi | 1 May | 707,000 Yen | Sentyabr |
Yanvarda boshlanadi - 1 yil 3 oy davom etadi | 1 Sentyabr | 707,000 Yen | Dekabr |