Bizning Maktablar
Samarqand maktabi
Bizning o’quv markazimizning bosh ofisi Samarqand shahrida joylashgan bo’lib, 2014-yildan buyon o’z faoliyatini yuritib kelmoqda. O’quv markazimiz O’zbekiston bo’yicha yetakchi maktablardan biri hisoblanib, o’zining o’zgacha bilim berish uslubi bilan boshqa maktablardan ajralib turadi.
O’quv markazimizda darslar 6 oydan 9 oygacha, darslar haftada 6 kun , 60 daqiqadan 90 daqiqagacha olib boriladi. Har bir talaba o’quv darsliklari bilan ta’minlanadi.
Darsdan tashqari studentlarni bilimini va til darajasini oshirish uchun alohida joy ajratilgan bo’lib, u yerda Yaponiyada malakasini oshirib kelgan o’qituvchilar tomonidan eshitish va so’zlashish darslari olib boriladi. Talabalar yapon tili kursini to’liq tamomlagandan so’ng “Bitiruv kechasi” tashkillashtiriladi va sertifikat bilan taqdirlanadilar.
Hozirda bizda yuzdan ortiq talabalar yapon tili o’rganib, Yaponiyada ta’lim olib qaytgan malakali o’qituvchilarimizdan dars olishmoqda.
Kurs nomi | Kurs boshlanadigan sana | Kurs tugaydigan sana | Viza olish sanasi |
---|
"Aprel" kursi | 1 - sentabr | 28 - fevral | Mart |
"Iyul" kursi | 1 - dekabr | 30 - may | Sentabr |
"Oktabr" kursi | 1 - mart | 30 - avgust | Iyun |