Yaponiya Maktablari
SAMU Yapon tili maktabi
SAMU Yapon tili maktabi - 30-yillik tarixga ega ulkan imkoniyatlar makonidir. SAMU Tokyo shahridagi eng nufuzli yapon tili maktablaridan biri bo’lib, unda 20 dan ortiq mamlakatdan kelgan talabalar tahsil oladi. Ushbu maktabda har bir talaba yapon tilini bilish darajasiga qarab alohida dastur bo’yicha o’qitiladi.
Maktab yil davomida 4 marotaba qabul o’tkazadi. Maktabga eng yaqin metro bekati Shin-Okubo hisoblanadi. Maktab Hyakunin-cho ko’chasi Shinjuku tumanida joylashgan bo’lib, 3 qavatdan iborat binoda joylashgan. SAMU maktabidagi 33 nafar eng malakali o’qituvchilar o’qish davomida ulkan bilim va imkoniyatlarni taqdim etadi.
SAMU maktabida o’qish jarayonida ishlashga ham qiziquvchi talabalarga haftasiga 28 soatlik ish topib berish uchun maktab ma`muryati yordam beradi. Chunki SAMU maktabi xorijlik talabalar yapon tili va madaniyatiga tez moslashib ketishda ishlash foydali deb hisoblashadi.
Kurs boshlanishi va davomiyligi | Ariza jo'natish oxirgi sanasi | Kursning 1 yillik narxi | Viza olish sanasi |
---|
Aprelda boshlanadi - 2 yil davom etadi | 1 - Sentabr | 650.000 yendan boshlanadi | Mart |
Iyulda boshlanadi - 1 yil 9 oy davom etadi | 1 - Dekabr | 650.000 yendan boshlanadi | Iyun |
Oktyabrda boshlanadi - 1 yil 6 oy davom etadi | 1 - Mart | 650.000 yendan boshlanadi | Sentyabr |