Yaponiya Maktablari
Syutoku Akademiyasi
Beruf Korporatsiyasi tassarufida bo’lgan Syutoku Xalqaro Maktabi, nafaqat Yapon tli o’rgatish balki biznes treyning, oliy ta’lim muassasalariga tayyorlash va karyera boshlash uchun maxsus tavsiyanomalar taqdim etadi. Umuman olganda Beruf Korporatsiyasi iqtidorli talabalarga imkoniyat va investitsya kiritish bilan ajralib turadi. Ular, iqtidorli talabalar korporatsiya kelajakini yuksaltirishda va Yaponiya iqtisodiyotini yanada rivojlantirishda o’z hissasini qo’shishiga ishonishadi va bunday yo’nalish hozircha o’zini oqlab kelmoqda.
200 ga yaqin talabalar 20 dan ortiq mamlakatdan kelib ta’lim oladilar, shuning uchun ham Syutoku maktabiga Xalqaro maktab maqomi berilgan. Maktab Tokyoning Kita Ward tumanida joylashgan bo’lib, u tuman Tokyoning eng sokin maskanlardan biri hisoblanadi. Maktab o’z talabalarga o’qish muddati tugagandan so’ng Yaponiyada oliy ta’lim maskanlarda o’qishni yoki Beruf Korporatsiyasida karyera qilishni taklif qiladi. Shuningdek yaxshi ta’lim olgan o’quvchilarga stipendiya ham beriladi. Qisqacha aytganda Syutoku Xalqaro Maktabi Yaponiyadagi orzularingizga yetishingizga kafolatchisi bo’la oladi.
Kurs boshlanishi va davomiyligi | Ariza jo'natish oxirgi sanasi | Kursning 1 yillik narxi | Viza olish sanasi |
---|
Aprelda boshlanadi - 2 yil davom etadi | 1 - Sentabr | 650.000 yendan boshlanadi | Mart |
Iyulda boshlanadi - 1 yil 9 oy davom etadi | 1 - Dekabr | 650.000 yendan boshlanadi | Iyun |
Oktyabrda boshlanadi - 1 yil 6 oy davom etadi | 1 - Mart | 650.000 yendan boshlanadi | Sentyabr |