Toshkent maktabi

60 o’rinli maktab

StudyTokyo.uz Yapon tlili o’quv markazining Toshkent filiali 2016-yil avgust oyidan o`z faoliyatini boshlagan bo’lib, hozirga kelib ushbu filial bosh ofis – Samarqanddan keyin ikkinchi muhim filial hisoblanadi. O’tgan qisqa vaqt mobaynida yuzlab iqtidorli yoshlarimiz yapon tilini o’rganib, Yaponiya ta’lim muassasalariga muvaffaqiyatli imtihondan o’tish imkoniyatiga muyassar bo’ldilar. Bizning o’quv markazimizda malakali, o’z ishiga fidoiy xodimlar va o’qituvchilar jamoasi faoliyat yuritadi. Yapon tili o’qituvchilari yapon tilshunosligi bo’yicha oliy ma’lumotga ega, hamda Yaponiyada ta’lim olgan, o’qituvchilik tajribasi oshirgan, o’z ishinig ustalaridir.

StudyTokyo.uz o’quv markazimizda 6 oy davomida intensiv tarzda yapon tili o`rgatiladi. Darslar haftasiga 5 kun, 60 daqiqa davom etadi. O’quv markazimizda o’quv xonalari zamonaviy o’quv jihozlari bilan jihozlangan. Bir guruhda 7-10 talabagacha o’qitiladi. Darsdan tashqari madaniy va ma’naviy tadbirlar o’tkaziladi. Ushbu tadbirlarda Yaponiya madaniyati, san`ati, bayramlari, milliy taomlarini bilan tanishtiruv; intelektual tanlovlar; hayriya tadbirlari va hasharlar o’tkaziladi. Ushbu tadbirlar nafaqat talabalarning Yaponiya haqidagi bilimi va tushunchalarini oshirishga, shu bilan birga talabalarning o’zaro dustona munosabatlarga zamir yaratishiga qaratilgan.

Bizning o’quv markazimizning asosiy maqsadlaridan biri bu O’zbekistonlik talabalar Yaponiyada tahsil olib Vatanimizga qaytgach, o’zlari bilan yangi bilim va malakalarini olib kelishi, yoshlar uchun yangi ish o’rinlari yaratishi va shu bilan Yurtimiz ravnaqiga hissa qo’shishlaridir.



Ushbu maktabga taaluqli savollaringizni bizga yo'llang:

Maktab nomi:

Ism va Familiya:

Telefon raqamingiz (+998 XX ) XXX-XX-XX

Yashash manzilingiz (Shahar, tuman, ko'cha nomi, uy raqami):