Yaponiya Maktablari
“West Coast” yapon tili maktabi
“West Coast” yapon tili maktabi 1989-yili Yapon tilini Rivojlantirish Assotsatsiyasi tomonidan qabul qilingan qarorga binoan tashkil etilgan. Maktab qoshida yapon tili, madaniyati, yashash tarzini o’rgatish va tadbiq qilish markazi ochilgan bo’lib, u yerda haqiqiy yapon madaniyati bilan tanishish mumkin.
“Bizning asosiy maqsadimiz yapon madaniyatini dunyo bo’ylab yoyish va boshqa millat va madaniyat vakillari bilan o’zaro madaniy aloqalar almashishdan iboratdir” deydi maktab raisi janob Takahashi Saito. West Coast maktabida xorijlik talabalar uchun grant dasturlari mavjud bo’lib, o’qish davomida talabaga maktab tomonidan stipendiya to’lanadi. Bundan tashqari, West Coast Maktabi talabarni Yaponiyadagi oliy o’quv markazlariga tayyorlash bo’yicha puxta tuzilgan dasturga ega bo’lib, talaba maktabni tamomlagandan so`ng o`zi tanlagan oliy o`quv yurti imtihonidan muvaffaqiyatli o`tish imkoniyati oshadi.
Kurs boshlanishi va davomiyligi | Ariza jo'natish oxirgi sanasi | Kursning 1 yillik narxi | Viza olish sanasi |
---|
Aprelda boshlanadi - 2 yil davom etadi | 1 - Sentabr | 650.000 yendan boshlanadi | Mart |
Iyulda boshlanadi - 1 yil 9 oy davom etadi | 1 - Dekabr | 650.000 yendan boshlanadi | Iyun |
Oktyabrda boshlanadi - 1 yil 6 oy davom etadi | 1 - Mart | 650.000 yendan boshlanadi | Sentyabr |