Ibrohim Xurramov
Kompaniya asoschisi
“Bizning Markazimiz hamyurtlarimizning Yaponiyada ta’lim olishi va kelajakda ishlashlari uchun ikki davlat o’rtasidagi ko’prik vazifasini bajarishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan.”
Bizning Markazimiz hamyurtlarimizning Yaponiyada ta’lim olishi va kelajakda ishlashlari uchun ikki davlat o’rtasidagi ko’prik vazifasini bajarishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. Talabalarga Kunchiqar mamlakat madaniyati, hayot tarzi va asosiysi yapon tilini o’rgatish orqali ularni ushbu mamlakatda o’z orzularini amalga oshirishda ko’mak berish bizning asosiy vazifamiz. 2014-yilda bizning birinchi markazimiz Samarqand shahrida ochilib, hozirga kelib Toshkent (2016), Buxoro (2017), Jizzax (2017), Namangan (2017) shaharlarida o’z faoliyatini yuritmoqda. Yaqin kelajakda “StudyTokyo.Uz” Yapon tili Markazimiz butun Respublika bo’ylab o’z filiallarni ochishni o`z oldiga maqsad qilib qo’ygan.