
Biz haqimizda
B iz haqimizda bilib oling
Bizning markazimiz yaratilish tarixi 2013 yil, ta’sischilarimizdan biri Yaponiyaning nufuzli universitetida Magistraturada ta’lim olishga borgan vaqtidan boshlangan edi. Ma’lum bo’lishicha, hozirda Yaponiya davlatida qariyalar soni ko’payishi hisobiga jamiyatda yosh aholi kuchiga bo’lgan ehtiyoj juda katta. Shuning uchun Yaponiya hukumati dunyo bo’ylab barcha mamlakatlardan eng iqtidorli yoshlarni mamlakatga jalb etish siyosatini olib bormoqda. Ammo Yaponiyada o’qish va ishlashni xohlaganlar uchun eng asosiy talablardan biri bu - yapon tilini mukammal o’rganishdir.
Bizning Markazimiz hamyurtlarimizning Yaponiyada ta’lim olishi va kelajakda ishlashlari uchun ikki davlat o’rtasidagi ko’prik vazifasini bajarishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. Talabalarga Kunchiqar mamlakat madaniyati, hayot tarzi va asosiysi yapon tilini o’rgatish orqali ularni ushbu mamlakatda o’z orzularini amalga oshirishda ko’mak berish bizning asosiy vazifamiz. 2014-yilda bizning birinchi markazimiz Samarqand shahrida ochilib, hozirga kelib Toshkent (2016), Buxoro (2017), Jizzax (2017), Namangan (2017) shaharlarida o’z faoliyatini yuritmoqda. Yaqin kelajakda “StudyTokyo.Uz” Yapon tili Markazimiz butun Respublika bo’ylab o’z filiallarni ochishni o`z oldiga maqsad qilib qo’ygan.