
MEMORANDUM
X alq ta’limi vazirligining O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazida xorijiy hamkor Yaponiyaning “SSI Co.Ltd” kompaniyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Xalq ta’limi vazirligining O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazida xorijiy hamkor Yaponiyaning “SSI Co.Ltd” kompaniyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Ushbu tashkil etilgan uchrashuvda Respublika tashxis markazi rahbariyati va “SSI Co.Ltd" kompaniyasi direktori Naoko Kano xonim hamda Yaponiyaning “JUST” grant loyihasi asoschisi “Silk stars education” NTM vakillari ishtirok etishdi.
Mazkur uchrashuvda Respublika tashxis markazi va “SSI Co.Ltd” o‘rtasida Hamkorlik Memorandumi imzolandi. Kelishuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad O'zbekiston maktablarining 11-sinf bitiruvchilarini turli grant loyihalari asosida nufuzli xorijiy oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olishlariga sharoit yaratib berishdir.