
Ilon Mask Twitter’ni 44 mlrd dollarga sotib oldi
2 5 aprel kuni Ilon Mask Twitter’ni 44 milliard dollar naqd pulga sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi - kompaniya direktorlar kengashi uning taklifini qabul qilgan.
Ikki haftacha oldin Ilon Mask Twitter xo‘jayinlariga kompaniyani unga sotishni taklif qilib, bu ijtimoiy tarmoqda ro‘yobga chiqarilmagan ulkan salohiyat borligi va o‘zi buni amalga oshira olishini aytgandi.
Kelishuvning qisqacha tarixi
Aprel oyida Mask 2,89 mlrd dollar evaziga Twitter aksiyalarining 9,2 foizini sotib olib, kompaniyaning eng yirik aksioneriga aylangandi.
Keyinchalik Twitter Maskka kompaniya boshqaruvida qatnashishni taklif qilgan, ammo bu taklif rad etilgandi. Aprel oyi o‘rtalarida Twitter Maskni aksiyalar bilan bog‘liq firibgarlikda ayblab sudga berdi.
Bir hafta muqaddam istiqboli noaniq bo‘lib turgan kelishuv o‘tgan hafta oxirida, Mask kompaniya aksiyadorlarini chaqirib, ular bilan bitimning moliyaviy tafsilotlarini bo‘lishganidan keyin tezlashib ketdi.
Aksiyadorlar bosimi ostida qolgan Twitter har bir aksiya uchun 54,20 dollar taklif qilgan Mask bilan muzokaralarga kirishdi. Bu haqda xabarlar paydo bo‘lganida birjada Twitter aksiyasi bahosi 6 foizga ko‘tarildi.
Hozirgi kelishuv Mask 9 foiz aksiyani sotib olganini e’lon qilgan kundagidan 40 foiz qimmatroqqa tuzildi.
Shu bilan birga bu o‘tgan yili Twitter belgilagan va savdolashgan 70 dollarlik narxdan ancha past.
Endi Twitter kompaniyasi rahbariyati aksiyadorlardan kelishuvni ma’qullash uchun ovoz berishni so‘raydi.
Twitter qanday o‘zgaradi?
Ilon Mask allaqachon bir qancha o‘zgarishlarni taklif qilgan - nashr etilgan kontentga cheklovlarni yumshatishdan tortib soxta akkauntlarni yo‘qotishgacha.
Manba: Kun.uz