Hisense oq-qora ekranli smartfonini namoyish qildi

Hisense oq-qora ekranli smartfonini namoyish qildi

H isense A9 smartfonida asosiy ekran sifatida elektron siyohli (E-Ink) ekrandan foydalanilgan.

Xitoyning Hisense kompaniyasi 6,1 dyuymli E-Ink-displeyga ega A9 smartfonini namoyish etdi. Uning narxi 1800 yuan (265 dollar) deb baholandi.

Hisense A9 smartfonida asosiy ekran sifatida elektron siyohli (E-Ink) ekrandan foydalanilgan. Bunday ekranlar quyosh nuri to‘g‘ridan to‘g‘ri tushib turganida ham ko‘rish darajasi yomonlashmaydi. Bundan tashqari, E-Ink-displeylar IPS yoki OLED ekranlarga nisbatan kamroq energiya sarflaydi.  

 

Smartfon 13 Mp asosiy va 5 Mp orqa kamera bilan jihozlangan, yon tomonida esa barmoq izlari skaneri joylashgan.

 
 

Hisense A9ga Qualcomm Snapdragon 662 chipi o‘rnatilgan, uning doimiy xotirasi 128 GB, tezkor xotirasi esa 4 yoki 6 GB.

Smartfonning akkumulyatori sig‘imi 4000 mAsga teng.

Ilon Mask Twitter’ni 44 mlrd dollarga sotib oldi
Ilon Mask Twitter’ni 44 mlrd dollarga sotib oldi
May 19, 2022
Bill Geyts havodan toza suv olish bo‘yicha startapga sarmoya kiritdi
Bill Geyts havodan toza suv olish bo‘yicha startapga sarmoya kiritdi
May 23, 2022