
ALA Akademiyasi
A LA Akademiyasi 1984-yilda ta’sis etilgan bo’lib, hozirga kelib 30 dan ortiq mamlakat talabalari yapon tili o’rganish uchun aynan shu maktabni tanlashgan. 1984-yilda ta’sis etilgan
Maktab ichida o’ziga xos muhit bo’lib, maktab ishchilari va talabalar oila a’zolaridek bir-biriga mehribon va e’tiborlidir. Shuningdek, ALA til san’ati akademiyasining beshta o’ziga xos jihati mavjud bo’lib, bular: 1. Suhbatga yo’naltirilgan darslar: maktab darslari ALA talabalarining tilni bilish qobiliyatlariga qarab 9 darajali guruhga bo'linadi. 2. Xalqaro muhit: hozirgi kunga kelib maktabda dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlaridan yapon tilini o'rganuvchilari ro'yxatga olingan. 3. Guruhda talabalar soni kamligi: har bir sinf kichik, o'rtacha 12 ta talaba va sinf o'qituvchisidan iborat bo’ladi. Sinfda o’quvchilar soni kam bo’lganligi hisobiga o’qituvchi har bir talaba uchun alohida e’tibor ko’rsatib yaxshi shug’ullana oladi. 4. Mehr bilan yordam ko’rsatilishi: ALA akademiyasi talabalarga o’z yordamlarini ko'rsatib, to'liq yoki qisman ish topish; oliy o'quv yurtlari tanlashda va kirish imtixonlariga tayyorlanishda yordamlashish; yotoqxonaga joylashish kabi ishlarda talabalarga o’z vaqtlari va mehrlarini ayamaydilar. 5. Joylashuvi: Maktab shaharni qoq markazida joylashgan bo`lib, yaqinidan ko`p metro va poezd liniyalari o`tgan. Iidabashi bekatidan maktabgacha 3 daqiqalik piyoda yo'l.
Kurslar
# | Nomi | O'qish boshlanish vaqti | O'qish tugash vaqti | Davomiyligi | Oxirgi ariza berish vaqti | Narxi | Visa olish vaqti |
---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | Aprel | Iyul | Fevral | 6 - 9 oy | Sentabr | 5000000 so'm | Fevral |