Toshkent maktabi

Toshkent maktabi

S tudyTokyo.uz Yapon tlili o’quv markazining Toshkent filiali 60 o’ringa mo’ljallangan bo’lib, u 2016 yil avgust oyidan e’tiboran o`z faoliyatini boshlagan. 2016 - yil ochilgan Hozirga kelib ushbu filial bosh ofis – Samarqanddan keyin ikkinchi muhim filial hisoblanadi. O’tgan qisqa vaqt mobaynida yuzlab iqtidorli yoshlarimiz yapon tilini o’rganib, Yaponiya ta’lim muassasalariga muvaffaqiyatli imtihondan o’tish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Bizning o’quv markazimizda malakali, o’z ishiga fidoiy xodimlar va o’qituvchilar jamoasi faoliyat yuritadi. Yapon tili o’qituvchilari yapon tilshunosligi bo’yicha oliy ma’lumotga ega, hamda Yaponiyada ta’lim olib o’qituvchilik tajribasini oshirgan, o’z ishinig ustalaridir StudyTokyo.uz o’quv markazimizda 6 oy davomida intensiv tarzda yapon tili o`rgatiladi. Darslar haftada 5 kun, har bir dars 60-daqiqadan davom etadi. Markazimizda o’quv xonalari zamonaviy o’quv jihozlari bilan jihozlangan. Har bir guruhda 7-10 ta talaba o’qitiladi. Markazimizda darsdan tashqari madaniy va ma’naviy tadbirlar o’tkazilib turiladi. Ushbu tadbirlarda Yaponiya madaniyati, san`ati, bayramlari, milliy taomlari bilan tanishtiruv; intelektual tanlovlar; hayriya tadbirlar va hasharlar o’tkaziladi. Ushbu tadbirlar nafaqat talabalarning Yaponiya haqidagi bilimi va tushunchalarini oshirishga, shu bilan birga talabalarning o’zaro do`stona munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan. Bizning o’quv markazimizning asosiy maqsadlaridan biri bu - O`zbekistonlik talabalarga Yaponiyada tahsil olishlariga, yangi bilim va malakalarni egallab yurtimizga qaytgach yoshlar uchun yangi ish o`rinlari yaratishlariga o`z hissamizni qo`shishdir.

ALA Akademiyasi
ALA Akademiyasi
May 17, 2022
Studytokyo.uz Namangan filiali
StudyTokyo.uz Namangan filiali
Jun 29, 2022